SPORT VA MA’NAVIYAT MUSHTARAK

SPORT VA MA’NAVIYAT MUSHTARAK

May 30, 2022 0 By admin

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati bolalar-o’smirlar futbol akademiyasida madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda Qarshi shahar hokimining o’rinbosari Furqat Normatov, yurtimizdagi mashhur «Qahqaha» guruhi ijodkorlari, futbol akademiyasi ustoz-murabbiylari hamda tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

Hozirda futbol akademiyasida 154 nafar yosh «charm to’p» ustalari millionlar o’yini bo’lgan futbol sir-asrorlarini o’rganib kelmoqda.

Yosh futbolchilar yozgi ta’til kunlarini mazmunli o’tkazishlari uchun shahar hokimligi tomonidan ularga kitoblar to’plami topshirildi.

Tadbirda «Qahqaha» guruhi ijodkorlarining hajviy chiqishlari barchaga ko’tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir so’nggida tadbir ishtirokchilari «Qahqaha» guruhi ijodkorlari bilan esdalik uchun suratga tushishdi.

G’. HAQBERDIYEV